Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shoygu Rossiya Ukrainada qancha askar yo‘qotganini aytdi

Shoygu Rossiya Ukrainada qancha askar yo‘qotganini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ortidan mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham murojaatini boshladi. 

Shoygu Ukrainada halok bo‘lgan rossiyaliklar haqida gapirdi. Unga ko‘ra, 5 937 rus askari halok bo‘lgan.

Mudofaa vazirining iddao qilishicha, Ukraina tomoni 61 207 nafar askar yo‘qotgan, jarohatlanganlar 49 368 kishini tashkil etadi. 

Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan buyon e’lon qilingan yo‘qotishlar bahsli bo‘lib qolmoqda, bu haqda tomonlar turli raqamlarni e’lon qilmoqda. 

Jumladan, Pentagon avgust oyida Rossiya armiyasida o‘lgan va jabrlanganlar 80 ming kishidan oshini ta’kidlagandi.

Ukraina tomoni esa Rossiya 50 mingdan oshiq askarni yo‘qotganini ma’lum qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring