Sergeli-Rohat yo‘lining Qo‘yliq bozori qarshisidagi qismi avtomobillar uchun yopiladi (xarita)
Yo‘l qurilishi ishlari olib borilayotganligi sababli Toshkent halqa avtomobil yo‘li Sergeli-Rohat yo‘nalishining Qo‘yliq dehqon bozori qarshisidagi qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu vaqt davomida avtomobillar Toshkent halqa avtomobil yo‘li va Qo‘yliq dehqon bozori oralig‘ida tashkil etilgan qo‘shimcha yo‘ldan foydalanishlari mumkin, deyiladi xabarda.
Yopiladigan yo‘l qismi (qizilda)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter