Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergak va jonkuyar xodimlar keksa ayollarning hayotini saqlab qoldi

Sergak va jonkuyar xodimlar keksa ayollarning hayotini saqlab qoldi

7 fevral kuni soat taxminan 02:00 lar chamasida Termiz shahrining «Amu sohil» mahallasi hududi bo‘ylab xizmat olib borayotgan Surxondaryo viloyati Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi PPX bataloni 1-otryad xodimi safdor Anvar Begimov va 2-otryad haydovchi xodimi safdor O‘tkir Qodirovlar «Porloq yo‘l» ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotganlarida oq rangga burkangan tutun aralash yong‘in chiqayotganiga ko‘zlari tushib qoladi.

Zudlik bilan xizmat avtomashinasini to‘xtatib, yong‘in chiqayotgan tomonga shoshgancha yugurib borib, yong‘in chiqayotgan binoga ko‘tariladi.

«Porloq yo‘l» ko‘chasida joylashgan 27-uy yotoqxonasida yong‘in bo‘layotganligini, u uyda bo‘lgan ikki nafar ayollar borligini, burqsigan tutun zahridan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan yoshi keksa ayol o‘ng yoniga ag‘darilgan holatda yordamga muhtoj bo‘lib yotganligining guvohi bo‘ladi.

Tezkorlik bilan keksa ayollarga yordam qilish maqsadida ularga birinchi navbatda toza havo zarurligini bilgan holda behavotir hamda xavfsiz joyga olib chiqishib, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishadi va xonadondagi yong‘inni bartaraf qilish choralarini ko‘radi.

Yong‘in vaqtida zudlik bilan safdor Anvar Begimov va haydovchi xodimi safdor O‘tkir Qodirovlar hamda yordamga chaqirilgan shu hududda fuqarolik kiyimida xizmat o‘tayotgan PPX xodimlari safdorlar Davlat Niyozov, Shuxrat Qurbonovlar tomonidan bartaraf etiladi.

Yong‘in chiqqan xonadonda bo‘lgan ayollarning shaxsiga aniqlik kiritilganida xonadon egasi 1957 yilda tug‘ilgan Svetlana Ya. hamda uning qo‘shnisi 1961 yilda tug‘ilgan Natalya R.lar ekanligi va ularga patrul-post xizmatining jonkuyar xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan qutqaruv yordami tufayli ularning hayoti va sog‘ligiga hech qanday zarar yetmagan.

Yong‘in sodir bo‘lganligi yuzasidan o‘z navbatida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga xabar berishadi. Hozirda holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan yong‘in kelib chiqish sabablarini o‘rganish maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring