Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshiliklar yana IIB xodimlariga tashlanishdi

Qarshiliklar yana IIB xodimlariga tashlanishdi

Qarshi shahar I.Karimov ko‘chasida 2021 yil 20 sentyabr kuni soat taxminan 22:20lar atrofida fuqaro X.I. ikki tanishi L.A. va G‘.D. bilan urishgan, baqir-chaqir qilib, yon-atrofdagi fuqarolar tinchligini buzgan.

Ayni janjal bo‘layotgan vaqtda Qashqadaryo viloyat IIB PPX xodimlari jamoat tartibini saqlash hamda oldini olish maqsadida janjalkash fuqarolarning oldiga borgan.

Lekin janjal qilayotgan fuqarolar IIB PPX xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, ichki ishlar organlari xodimlari xizmat kiyimini yirtib, qo‘lini tishlab faol qarshilik ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uchovlon gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16 sentyabr kuni ham Qarshi shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan Patrul-post xizmati xodimlari va fuqarolar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring