Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi janjal ishtirokchilari IIBga topshirildi

Toshkentdagi janjal ishtirokchilari IIBga topshirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda oq «Jentra» haydovchisi odamlar ustiga mashina haydagani videosi tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, soat taxminan 03:20 larda Shayxontohur  tumani Taxtapul ko‘chasida bir necha fuqarolar o‘zaro gap talashib tortishib janjalashib ketishi natijasida «Jentra» haydovchisi bir necha fuqarolarning ustiga qarab avtomashina boshqargan.

Janjal ishtirokchilari tuman ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan, holat bo‘yicha avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda va holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring