Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda keksa kishini jarohatlagan PPX xodimlariga sud hukmi o‘qildi

Toshkentda keksa kishini jarohatlagan PPX xodimlariga sud hukmi o‘qildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahrida 73 yoshli erkakka kuch ishlatib, uni jiddiy jarohatlagan patrul-post xizmati xodimlariga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat 2020 yilning dekabrida sodir bo‘lgan. PPX xodimlari poytaxtning Yunusobod tumanida uch nafar erkakni to‘xtatgan. Fuqarolardan biri bilan mojaro yuzaga kelgan.

Vaziyat jiddiylashib, PPX xodimlari keksa erkakni oyog‘idan tortib, xizmat avtomobiliga chiqarishga uringan vaqtda u boshi bilan urilib, og‘ir jarohat olgan.

Sud qaroriga ko‘ra, PPX xodimlari ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 104 (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 206-moddasiga (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) ko‘ra aybli deb topilib, ularga nisbatan 2 yil ichki ishlar organlarida xizmat qilish huquqidan mahrum etilish va 5 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring