Qarshida PPX xodimlari bilan mushtlashuv sodir bo‘ldi
Joriy yilning 16 sentyabr kuni soat 23.00 larda Qarshi shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan Patrul-post xizmati xodimlari va fuqarolar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgan.
IIV matbuot kotibining ma’lum qilishicha, PPX xodimlariga mast holatda bo‘la turib faol qarshilik ko‘rsatgan 1990 y.t fuqaro N.A. hamda uning sheriklari 1995 y.t. N.A. va 1987 y.t. X.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183 (Mayda bezorilik) va 194 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari hamda JKning 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda huquqbuzarlar protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter