Sardor Umurzoqov rahbarlik qilayotgan tizim kengaydi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining ayrim tarkibiy bo‘linmalari tuzilmalarini takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Innovatsion rivojlanish vazirligini Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rahbarlik qilayotgan tizimga o‘tkazildi.
Vazirlik bungacha Bosh vazir Abdulla Aripov to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlik qilgan kompleks tarkibida bo‘lgan.
Avvalroq Sardor Umurzoqovning «egallab turgan lavozimlari» muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter