Sardor Umrzoqovga yordamchi tayinlandi
Sunnatilla Husanovich Bekenov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining yordamchisi lavozimiga tayinlandi.
Sunnatilla Bekenov bunga qadar Vazirlar Mahkamasida Boshqaruv apparati rahbari, Moliya vaziri o‘rinbosari, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Umurzoqov bir hafta muqaddam Prezident Administratsiyasi rahbari etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter