Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston banklaridan birini o‘margan shaxs Rossiyadan tutib keltirildi

O‘zbekiston banklaridan birini o‘margan shaxs Rossiyadan tutib keltirildi

Foto: pixabay.com

Sankt-Peterburgda politsiya mahalliy bank filialidan pul o‘g‘irlaganlikda gumonlanib, xalqaro qidiruvga berilgan 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bu shaxs o‘z sheriklari bilan 2021-yilning yanvaridan apreligacha «Mikrokreditbank»dan besh milliard so‘m, taxminan 36 million rublga teng bo‘lgan o‘zbek pulini olib chiqib ketgan. Shundan so‘ng u mamlakatdan qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Jinoyatchiga nisbatan «Uyushgan guruh tomonidan tashkil etilgan va o‘ta yirik miqdorda mablag‘larni o‘zlashtirish» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar beradi Mash ga tayanib REN.TV.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring