Samolyotda sigaret chekkanlar jazolandi
O‘zbekiston hududida samolyotlarda sigaret chekkani uchun 28 nafar yo‘lovchi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Joriy yilning 5 oyi davomida havo kemalarida sodir etilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha tizimli tahlil olib borilgan. Natijada yo‘lovchilar tomonidan o‘zini tutish qoidalarini buzish holatlari ko‘p kuzatilayotgani aniqlangan.
Qayd etilgan davr davomida samolyotlarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilgani uchun 28 nafar yo‘lovchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 122-moddasiga asosan javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan jami 15 120 000 so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida jamoat joylarida sigaret chekkan fuqarolarni jarimaga tortish boshlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter