Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi UNWTO tadbirini 140 nafar xorijiy jurnalist bevosita yoritib bormoqda (foto)

Samarqanddagi UNWTO tadbirini 140 nafar xorijiy jurnalist bevosita yoritib bormoqda (foto)

Foto: Farrux Aliyev

Xabar.uz

Bugun Samarqanddagi «Silk Road Samarkand» majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi boshlandi. Ushbu tadbir 20 oktyabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Sessiyada 130 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etmoqda va shundan 80 nafar turizm vaziri, 24 nafar vazir o‘rinbosarlari bevosita Samarqandda bo‘lib turibdi. UNWTO Bosh assambleyasi doirasida Samarqandda Xalqaro Investitsiya forumi, Xalqaro ta’lim forumi, «Eng yaxshi turizm qishloqlari»ni taqdirlash marosimi, shuningdek, qator yalpi sessiyalar va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

E’tiborli tomoni, sessiya ishini bevosita yoritib borish uchun Samarqandga 140 ga yaqin xorijiy jurnalistlar yetib kelgan bo‘lib, mahalliy OAV vakillaridan 300 nafari ish olib bormoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring