Samarqandda ko‘zi ojiz bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Joriy yil 13-may kuni soat taxminan 15:30 larda Samarqand shahar Rudakiy mahallasi hududidan o‘tuvchi «Beruniy-Gagarin» yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida Isuzu avtobusi haydovchisi 18 yoshli ko‘zi ojiz bolani urib yubordi.
Xabarda aytilishicha, bola shahardagi 59-son «Nurli maskan» maktabi o‘quvchisi bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olgan maktab o‘quvchisi – Q.D. shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan 15-may kuni shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter