Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand xalqaro aeroporti bir necha kunga yopiladi

Samarqand xalqaro aeroporti bir necha kunga yopiladi

Foto: Xabar.uz

«Samarqand» aeroporti 8-noyabr soat 00:01 dan 12-noyabr 00:01 ga qadar parvozlar uchun yopilishi aytilmoqda.

Bu haqdagi xabar chorshanba kuni aviatsiya xodimlari uchun NOTAM xalqaro xabarnoma tizimida paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda AviaAlertsUZ.

Ta’kdlash joiz, 11-noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, yangi barpo etilgan Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish hamda aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida, 2022-yil 1-oktyabrdan Samarqand xalqaro aeroportida «Ochiq osmon» rejimi joriy etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring