Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand shahridagi barcha bog‘cha va maktablar karantinga yopildi

Samarqand shahridagi barcha bog‘cha va maktablar karantinga yopildi

Foto:«Xalq so‘zi»

Samarqand shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holatlari ko‘plab kuzatilayotgani ma’lum qilingan. 

Infeksiyani yuqtirib olish ko‘rsatkichi keyingi kunlarda bir necha barobar oshib borayotganligi bois shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining qarori tasdiqlandi. Unga ko‘ra, shahardagi barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida 14 kunlik karantin joriy etildi, deya xabar beri shahar hokimligi.

Shu sababli o‘quvchilarga erta, 27-apreldan boshlab onlayn ta’lim berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Muassasalarga kirib-chiquvchilar orasida karantin davrida koronavirusni yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa ta’lim berish tizimi an’anaviy yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring