«Samarqand darvoza» atrofida transportlar harakati cheklanadi
Toshkent shahridagi Samarqand darvoza va Qoratosh ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada ta’mirlash ishlari olib boriladi (mo‘ljal «Samarqand darvoza» savdo-ko‘ngilochar majmuasi).
Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
2022-yilning 21-may kunidan mazkur chorrahada va unda keluvchi ko‘chalar (Samarqand darvoza, Ko‘kcha davoza, Qoratosh)da bosqichma-bosqich yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Ish jarayonida yo‘l yopilmaydi, balki ko‘chalarda avtotransport harakati qisman cheklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter