Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rossiya Ukrainaning15 mingdan ortiq tarixiy va madaniy meroslarini o‘g‘irladi» – The New York Times

«Rossiya Ukrainaning15 mingdan ortiq tarixiy va madaniy meroslarini o‘g‘irladi» – The New York Times

Rossiya askarlari Ukrainadagi muzeylarni talon-taroj qilib, madaniy ob’yektlarni vayron qilmoqda. Bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik san’at o‘g‘riligi bo‘ldi deb yozmoqda The New York Times gazetasi.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, birgina Xerson viloyatida bosqinchilar 15 mingdan ortiq san’at va tarixiy osori-atiqalarini o‘g‘irlagan. Rossiya askarlari Xerson, Mariupol, Melitopol va boshqa shaharlardagi 30 dan ortiq muzeylarni talon-taroj qilib, vayron qilgan.

Qayd etilishicha, bu raqamlar faqat hujjatlashtirilgan faktlarga tegishli. Amalda, o‘g‘irlik ko‘lami va yetkazilgan zarar ancha katta bo‘lishi mumkin. Ekspertlarning fikricha, bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik badiiy o‘g‘irlikdir.

Mutaxassislarning fikricha, o‘g‘irlikdan maqsad nafaqat moddiy yoki tarixiy qadriyatlarni qo‘lga kiritish, balki Ukrainani madaniy merosidan mahrum qilish ham bo‘lgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, muzeylarni talon-taroj qilish rus mutaxassislari rahbarligida amalga oshirilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring