Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya «Tolibon»ni qora ro‘yxatdan chiqardi

Rossiya «Tolibon»ni qora ro‘yxatdan chiqardi

17-aprel, payshanba kuni Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi Bosh prokurorning Rossiyada «Tolibon» harakati faoliyatini taqiqlashni to‘xtatib turish haqidagi ma’muriy da’vosini qanoatlantirdi.

Qaror darhol kuchga kiradi, ya’ni «Tolibon» terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqariladi. Oliy sud majlisi yopiq eshiklar ortida o‘tgan.

Afg‘onistonda 2021-yilda hokimiyat tepasiga kelgan «Tolibon» harakati 2003-yilda BMT Xavfsizlik kengashi uni tegishli ro‘yxatga kiritganidan keyin Rossiyada terrorchi tashkilot sifatida tan olingan edi.

2021-yil oktyabr oyida Vladimir Putin Rossiya «Tolibon»ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha «qaror qabul qilishga yaqinlashayotganini», ammo bu qaror yana BMTda qabul qilinishi kerakligini aytgandi.

2024-yil dekabrida Rossiyada tashkilotlarni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, terrorchilik tashkiloti faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni Bosh prokuror yoki uning o‘rinbosarining da’vosiga ko‘ra sud qarori bilan bekor qilinadi. Shunga asosan, Bosh prokuratura Oliy sudga «Tolibon» harakati faoliyatini taqiqlashni to‘xtatib turish talabi bilan 2025-yil mart oyi oxirida murojaat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring