Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya aholisi 2046-yilda qanchagacha kamayishi ma’lum qilindi

Rossiya aholisi 2046-yilda qanchagacha kamayishi ma’lum qilindi

Rosstatga ko‘ra, 2046-yil 1-yanvarga qadar Rossiyada (Ukrainaning egallab olingan boshqa hududlarini hisobga olmaganda) yangi hududlarni hisobga olmaganda 138,7 million kishi istiqomat qilishi prognoz qilinmoqda.

2023-yil 1-yanvardagi ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda 146,4 million kishi yashaydi. Aholisi yiliga o‘rtacha 332 ming kishiga qisqarib boradi va migratsiyaning ijobiy o‘sishi tabiiy pasayishning o‘rnini bosa olmaydi.

Shu bilan birga, o‘rta muddatli istiqbolda tug‘ilish ko‘rsatkichida ijobiy tendensiya kuzatiladi: 2028-yildan boshlab tug‘ilishlar soni ko‘payishni boshlaydi. 2045-yilda esa tug‘ilish darajasi 1,43 mln kishini tashkil etishi mumkin.

Yangi prognoz 2021-yilgi Butunrossiya aholini ro‘yxatga olish natijalarini hisobga olgan holda hisoblab chiqilgan va joriy demografik tendensiyalarni hisobga olgan, deyiladi Rosstat ma’lumotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring