Robert Kennedi AQSh sog‘liqni saqlash vaziri bo‘ldi

Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan Kichik Robert Kennedi AQSh senati tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda CBS News telekanali xabar berdi.
Kennedini yoqlab 52 nafar senator ovoz berdi, qarshilar — 48 nafar.
Robert Kennedining vazir bo‘lishi COVID-19 panedmiyasi bilan bog‘liq barcha qarorlar hamda sinov-tajriba vaksinalari bilan majburiy emlash siyosati taftish qilinishini anglatadi.
«Amerikani yana sog‘lomlashtiramiz» — Kennedining shiori ana shunday. Katta ehtimol bilan Kennedi ishni sog‘liq uchun zararli tayyor yemaklar, xususan, chipslarga qarshi kurashishdan boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Robert Kennedi AQSh prezidentligi uchun kurashda mustaqil nomzod sifatida qatnashgan, keyinchalik Donald Tramp jamoasiga qo‘shilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter