Kichik Kennedi prezidentlik uchun kurashdan chiqib, Trampni qo‘llashi mumkin
AQSh prezidentligiga nomzod Robert (kichik) Kennedi saylovda qatnashmasligi mumkin. Kennedining saylovoldi kampaniyasidagi sherigi Nikol Shanaxanning aytishicha, u sobiq prezident Donald Trampni qo‘llash haqida ham o‘ylamoqda.
Siyosatchi hozir bir nechta yo‘llarni ko‘rib chiqyapti. Birinchisi — mustaqil nomzodligicha qolish. U holda Kennedi yangi partiyani shakllantirishi shart, biroq buning uchun saylovda kamida 5 foiz ovoz to‘plashi kerak. Aks holda moliyalashtirishga umid qilmasa ham bo‘ladi.
«Ammo bunday holatda, biz Tramp saylovchilarini o‘zimizga jalb qilishimiz oqibatida, Kamala Harris va Tim Uols g‘alaba qozonib ketishi ehtimoli oshadi», — dedi Shanaxan.
Ikkinchi yo‘l — Demokratlar partiyasi g‘alaba qozonmasligi uchun Kennedi saylovoldi kurashidan chiqishi mumkin.
«(Shunda — tahr.) Biz poygadan chiqib, kuchlarimizni Tramp bilan birlashtiramiz, nega bunday qilayotganimizni o‘z saylovchilarimizga tushuntiramiz», — deya izohladi Shanaxan.
Avvalroq Kichik Kennedi saylovda Harrisni qo‘llamasligini e’lon qilgandi.
Qolaversa, Donald Trampning Robert Kennediga munosabati a’lo darajada, agar prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsam, uni o‘z ma’muriyatimga chaqiraman, degan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter