Rejissyor Sarvar Karimov akasi va singlisi bilan shifoxonaga joylashtirildi
Kuni kecha o‘zbekistonlik iste’dodli rejissyor Sarvar Karimov otasi uyida bir hafta davolanib, koronavirusdan vafot etganini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, butun oilasi bilan rasman COVID-19 ga chalinganini ham qayd etgandi.
Uning yana yozishicha, oilasida uch kishini shifoxonaga joylashgan:
– Meni, akamni va singlimni Yunus-Oboddagi Nuroniy sanatoriysiga olib kelib joylashdi. 8 ta qavatga bitta infeksionist va ikkita terapevt bor ekan. Bechoralarning ahvoli biznikidan badtar. Boshqa vrachlar yo‘q, ukollar yo‘q, apparatlar yo‘q. Sabr qilishdan boshqa ilojimiz ham yo‘q, – deb yozadi Sarvar Karimov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter