Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» Mbappe o‘rniga boshqa yulduzni nishonga oldi

«Real» Mbappe o‘rniga boshqa yulduzni nishonga oldi

Dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri, Angliyaning «Manchester Siti» klubi futbolchisi Erling Xoland 100 million evaziga «Real»ga o‘tishi mumkin.

Football Espana xabariga ko‘ra, bir necha yil oldin «Real» norvegiyalik futbolchi va fransuz iqtidori Kilian Mbappeni jamoaga jalb qilishni rejalashtirib qo‘ygandi. Biroq, hali ularning hech biri Madridga bormadi.

Manbaga ko‘ra, APL klublari Xolandni sotib olish uchun kamida 200 million yevro ajratishlari kerak. Ammo taniqli agent Rafaela Pimentaning so‘zlariga ko‘ra, «Manchester Siti» hujumchisi yarim pul evaziga boshqa Yevropa jamoalariga o‘tishi mumkin.

«Mijozlarimiz bilishadiki, biz ularga doimo aniq variantlarni qoldiramiz. Ularning kelajagi o‘z qo‘llarida», deydi Erling Xolandning agenti Rafaela Pimenta.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring