Raqqosalar bilan videosi tarqalgan rahbar yana lavozimga tayinlandi
O‘tgan yilning yozida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Sirdaryo tumani hokimligi mas’ullari va davlat tashkilotlari rahbarlari va raqqosalar aks etgan videolavha muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Rasmiy xabarda voqea 2020-yil oktyabr oyining o‘rtalarida taxminan kech soat 21:00 da (ishdan tashqari vaqtda) Sirdaryo tumanidagi «Yevro Aziya» restoranida sodir bo‘lgani aytilgandi.
Ushbu holatdan keyin Sirdaryo tumani hokimi o‘rinbosari Nurali Mirzayev va Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nozim Muratovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgandi.
Oradan yarim yil o‘tmasidan, Sirdaryo tumani hokimining 2021 yil 30 dekabrdagi qarori bilan Nozim Muratov yana Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter