Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rafah posti G‘azoga 20 ta yuk mashinasi o‘tgandan so‘ng yana yopildi

Rafah posti G‘azoga 20 ta yuk mashinasi o‘tgandan so‘ng yana yopildi

Rafah nazorat punkti orqali Misrdan G‘azo sektoriga gumanitar yordam yuklangan ilk yuk mashinalari yetib kela boshladi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki 20 ta yuk mashinasi asosan dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlarini olib o‘tgan.

CNN muxbirining xabar berishicha, Rafah posti insonparvarlik yordami ortilgan yuk mashinalari o‘tganidan ko‘p o‘tmay yana yopilgan .

Bosh vazir Benyamin Netanyaxu idorasi Isroil Misrdan oziq-ovqat, suv va dori-darmon yetkazib berilishiga aralashmasligini, biroq insonparvarlik yordami HAMAS a’zolariga yetib bormasligi sharti bilan G‘azo sektori janubida amalga oshirilishi kerakligini aytgan.

18 oktyabr kuni Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va AQSh prezidenti Jo Bayden Misr gumanitar yordam yetkazib berish uchun G‘azo sektori bilan chegaradagi Rafah punktini ochishga kelishib olgan edi. Unda 20 ta yuk mashinasi o‘tishi va ularni G‘azo sektorida BMT vakillari kutib olishi hamda tarqatishi aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring