Quyi Chirchiq tumanida hokim, prokuror va soliq rahbari almashdi
Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, bugundan e’tiboran Xolmurodov Akmal Arslonovich Quyi Chirchiq tumani hokimi, Qo‘ldoshev Abdumalik Abdug‘aniyevich tuman prokurori, Imomov Shuhratali Toirovich tuman soliq inspeksiyasi rahbari sifatida ish boshladi.
Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Q.Quronboyev, viloyat rahbari R.Xolmatov ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi mahsulot respublikadagi o‘rtacha darajadan past bo‘lgani uchun Prezident topshirig‘iga ko‘ra Quyi Chirchiq tumani hokimi vazifasidan ozod etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter