Quva tumanida yosh yigit ichki ishlar xodimlari tomonidan urib o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Bu haqda farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov «Facebookdagi sahifasida ma’lum
qildi.
«Quva(Farg‘ona)da 20 yoshli, soppa-sog‘ yigitni IIB hodimlari «suhbat qilish» uchun olib kirib ketib, o‘ligini olib chiqib berishibdi.
Eshitishimcha niqob bo‘yicha jarima qilishmoqchi bo‘lishganda, 20 yoshli bola va IIB hodimlari orasida biroz tortishuv bo‘libdi. IIB hodimlari yigitni «esini kiritib qo‘yish» maqsadida olib kirib ketishgan, ma’lum muddatdan keyin «yiqilib tushib» vafot etgan bolani murdasini olib chiqib berishibdi....»,— deya yozadi Haydarov.
IIV yoki boshqa rasmiy tashkilotlar voqea yuzasidan hali munosabat bildirganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter