Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘inlarida 14 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘inlarida 14 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘iston sharqidagi Abay viloyatida yuz bergan tabiiy yong‘in natijasida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

«O‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda», – deyiladi xabarda.

Dastlab, o‘rmon xo‘jaligining uch nafar xodimi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan. Keyinchalik qidiruv ishlari davomida yana 11 ta jasad topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda yong‘inni o‘chirishda mingdan ortiq odam va 252 dona texnika ishtirok etmoqda. Abay viloyatidagi yong‘inni o‘chirish 9 ta hududda davom etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi xizmati qo‘mitasi raisi Nurbolat Derbisov vaziyat asta-sekin barqarorlashayotganini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, tabiiy yong‘in joriy yilning 8 iyun kuni Qozog‘iston sharqidagi Abay viloyatida boshlangan bo‘lib, uning maydoni 60 ming gektarni tashkil qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring