Alisher Karimovga Qozog‘iston xalq artisti unvoni berildi

Qozog‘istonlik estrada xonandasi, 39 yoshli Alisher Karimovga Qozog‘iston xalq artisti unvoni berildi. Bu haqda xonanda Instagram orqali ma’lum qildi.
«Aziz do‘stlar! Bugun men uchun tarixiy kun — «Qozog‘iston Respublikasi xalq artisti» unvoniga loyiq topildim. Bu yuksak mukofotni mamlakat prezidentining qo‘lidan qabul qilish yanada sharafli», — deb yozdi, jumladan, xalqaro vokal tanlovlarining qatnashchisi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Ma’lumot uchun: Alisher Karimov 1985-yilning 28-oktyabrida Qozog‘istonning Jambul (hozirgi Taraz) shahrida o‘zbek oilasida tug‘ilgan. Qo‘shiqlarini asosan o‘zbek, qozoq, va rus tillarida ijro etadi. Uning Instagramdagi obunachilari — 545 ming nafar, YouTube-sahifasiga kirib klip va konsertlarini tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter