Qozog‘istonda lotin yozuvida tangalar chiqarildi
Qozog‘iston Milliy banki bugun, 26-apreldan yangi dizayndagi 1, 2, 5, 50 va 100 tenge qiymatidagi tanga pullarni muomalaga chiqardi.
Tangalardagi barcha yozuvlar lotin alifbosida bajarilgan. Misol uchun, gerbdagi «Qazaqstan» so‘zi «Qazaqstan» so‘ziga almashtirilgan.
Tangalarning ort tarafida Qozog‘iston davlat gerbi va «Qazaqstan Respýblikasy» so‘zi aks ettirilgan. Tanganing old qismida esa ularning qiymati va «Teńge» so‘zi bor.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 20-mart kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev yangi dizayndagi tangalar chiqarilishini tasdiqlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter