Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda davlat xizmatchilarini ishga olish kompyuterga topshiriladi

Qozog‘istonda davlat xizmatchilarini ishga olish kompyuterga topshiriladi

Foto: Pexels

Korrupsiyaning oldini olish maqsadida Qozog‘istonda «B» korpusi uchun davlat xizmatchilarini ishga olishni kompyuter dasturiga topshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston davlat xizmatlari agentligi raisi Azamat Jolmanov brifingda ma’lum qildi.

«B» korpusi uchun davlat xizmatchilarini tanlashni avtomatlashgan tizimga topshirish masalasini ko‘rib chiqyapmiz. Qarorni tanlov komissiyasi emas, balki tizimning o‘zi, tanlovning barcha bosqichlarida to‘plangan ballar asosida, chiqaradi. Barcha nomzodlarni to‘liq avtomatlashtirish va anonimlashtirish orqali korrupsiyani minimallashtiramiz. Qatnashchilarga tasodifiy ID belgilanadi», — dedi Jolmanov

Uning aytishicha, «B» korpusi davlat xizmatchilari (administratsiya davlat xizmatchilari) tayinlanishga qadar tanlovning bir nechta bosqichlaridan o‘tkaziladi. Bular — qonunchilik bo‘yicha bilimni aniqlovchi test, shaxsiy sifatlar, ish soatlari aks etgan raqamli va verbal axborot. So‘nggi bosqich — suhbat, yakuniy qarorni tanlov komissiyasi chiqaradi.

Kelgusida davlat xizmatchilarini ishga olishdan tanlov komissiyasini butunlay chetlatish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring