Qora beva: erlarini zaharlab o‘ldirgan ayol uzoq davom etgan sud jarayonlaridan so‘ng o‘lim jazosiga hukm qilindi
Yaponiyada oxirgi instansiya sudi 74 yoshli seriyali qotil Isao Kakexining apellyasiyasini rad etdi. Pul topish ilinjida jinoyat sodir etgan ayol o‘lim jazosiga hukm qilindi, deb xabar beradi CNN.
Kakexi 2014-yilda hibsga olingan. Uch yil o‘tgach Kioto okrug sudi uni eri, ikki xonadoshining qotilligi va bitta qotillikka urinishda aybdor deb topgan. Yaponiya tarixida eng uzun sudlardan biri sifatida e’tirof etilayotgan sud jarayoni yana to‘rt yil davom etdi. 2021-yilda ish oxirgi instansiya — Oliy sudga yetib keldi, lekin u ham uning shikoyatini rad etdi.
2007-yilda Kakexi o‘zining birinchi jinoyatini sodir etgan: 78 yoshli turmush o‘rtog‘i Tosiaka Suexiroga dori o‘rniga sianid kapsulasini bergan. Zahar ko‘rlikka va davolab bo‘lmaydigan boshqa kasalliklarga olib kelgan bo‘lsa-da, bechora chol tirik qolgan. Faqat bir yarim yildan so‘ng zaharlanish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vafot etgan.
2011-yilda ayol tanishuv agentligi yordamida yangi o‘ljasi — 71 yoshli Masanori Xondani topgan. 2021-yil mart oyida ayol bilan uchrashgandan so‘ng, mototsiklda ketayotganda hushidan ketgan va ikki soatdan keyin shifoxonada joni uzilgan. Bu paytga kelib Kakexi nikoh agentligi orqali topgan yana ikki erkak bilan uchrashib yurgandi.
Uning uchinchi qurboni 75 yoshli Minoru Xioki bo‘ldi. U Kakexi bilan uchrashishdan sal oldin o‘pka saratonidan tuzalgandi. Suexiroda bo‘lgani kabi, uning ham dorisini sianid bilan almashtirib qo‘ydi. Tez yordam kelganida esa, eri halokatli kasallikdan qiynalishini aytib, uni jonlantirishlariga yo‘l qo‘ymadi.
Xioka vafotidan ikki oy o‘tar-o‘tmas, ayol 75 yoshli Isao Kakexiga turmushga chiqdi. To‘ydan bir oy o‘tgach, o‘ziga yangi xushtor topib oldi. 2013-yil dekabr oyida uning yangi eri olamdan o‘tdi. Uning o‘limi shubhali deb topildi. Shu bois murda yorib, tekshirildi. Marhumning yuragi, qoni va oshqozonidan halokatli miqdorda sianid aniqlandi.
Prokuratura taxminlariga ko‘ra, barcha jinoyatlarga pul sabab bo‘lgan. Kakexi Suexironing 48 million iyena qarzi bo‘lgan va u zahar orqali buni hal etishni niyat qilgan. Xonda vafotidan keyin u taxminan 16 million iyena ishlab topgan. Qotilliklar ortidan jami 500 – 800 million iyena foyda olgan.
2017-yilda o‘tkazilgan sud jarayonida Kakexi o‘zini aybsiz ekanligini da’vo qilgan. So‘ngra nafrat tufayli erlarini o‘ldirganini tan olgan. Lekin ikki kundan keyin o‘z fikridan qaytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter