Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qondagi «O‘rda» to‘yxonasi oldida pichoqbozlik sodir etildi

Qo‘qondagi «O‘rda» to‘yxonasi oldida pichoqbozlik sodir etildi

Foto:«7news.uz»

25-mart kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi M.O. Turkiston ko‘chasida joylashgan «O‘rda» to‘yxonasi oldida o‘zaro janjal tufayli shu to‘yxona ishchisi J.T.ni pichoqlagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida ma’lum qilingan. 

Natijada J.T. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.O. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq, IIV Navoiyda ayol oilaviy janjal sabab erining umriga zomin bo‘lgani xabar bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring