Qo‘lingizni ko‘tarmang, foydasi yo‘q
Uyali aloqa signalini tutish uchun telefonni har qancha baland ko‘tarmang — foydasiz. «The Verge» nashri bunga aniqlik kiritdi.
Nashr jurnalistlari kompyuter injeneriyasi sohasi professori Lin Chjun bilan bog‘lanishdi. Professorning tushuntirishicha, uyali aloqa signali atrofimizda teng taqsimlanadi, shaharlarda uning tarqalishiga binolar xalaqit berishi mumkin. Signalni yaxshi tutish uchun qo‘lingizni tepaga ko‘tarmang, buning o‘rniga turgan joyingizni o‘zgartiring.
Nega odamlar telefon balandga ko‘tarilsa signalni yaxshi tutadi deb o‘ylashadi, bu jumboq bo‘lib qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter