Qish sovug‘idan darak bormi? «O‘zgidromet» hafta ma’lumotini berdi
O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 9-12 yanvar kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
9-10 yanvar kunlari O‘zbekistonga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat ko‘tariladi.
9 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-15° iliq bo‘ladi, 10 yanvarda harorat kechasi 5-8° iliqqacha, kunduzi 15-18° iliqqacha, janubiy hududlarda 20° iliqqacha ko‘tariladi. Kechasi va ertalab respublika bo‘yicha tuman tushadi.
11 yanvarda mamlakatimiz hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 3-8° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliqqacha pasayadi.
Poytaxtimizda 9-10 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. 9 yanvarda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat 9 yanvarda kechasi 0-2° iliq, kunduzi 12-14° iliq bo‘ladi, 10 yanvarda harorat kechasi 5-7° iliqqacha, kunduzi 16-18° iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
11 yanvarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter