Ertaga ba’zi hududlarda 35° gacha havo isiydi

Gidrometeorologiya xizmati agentligi 11-aprel sanasi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahri:
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 28-30° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyati:
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
Navoiy va Buxoro viloyatlari:
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari:
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari:
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari:
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter