Qidiruvdagi shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi
Joriy yilning 15-aprel sanasida Bosh prokuratura Ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi va Departament xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Prokuratura departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida fuqaro A.J. o‘zini Bosh prokuratura Departamentida, yaqin qarindoshi esa Bosh prokuraturada yuqori lavozimda ishlashini qayd etib, fuqaro B.Yu.dan Toshkent viloyati hududida 1,5 gektar yer maydoni ajratilishida tegishli qaror chiqartirib berishni va’da qilgan.
Hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga shu kunga qadar 51.100 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, qolgan 24.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ta’kidlash kerakki, gumonlanuvchi A.J. muqaddam Jinoyat kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun qidiruvda bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumondor shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter