Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi go‘sht yaxshi: oqmi yoki qizil?

Qaysi go‘sht yaxshi: oqmi yoki qizil?

Foto: «Depositphotos.com»

Amerikalik olimlar taomnomadagi qizil go‘sht kabi oq go‘shtning ham ortiqchasi xolesterin miqdori ko‘payishiga olib kelishini aniqlashdi, deb yozadi «AIF».

Ko‘pchilik xolesterin darajasi oshib ketishidan xavotirlanib, tez-tez tovuq go‘shti yeb turadi. Amerikalik olimlarning yangi tadqiqoti bundan ma’ni yo‘qligini isbotlashdi.

Ularning tasdiqlashicha, qizil go‘sht ham, parranda go‘shti ham qondagi xolesterin darajasiga bir xil ta’sir ko‘rsatadi. Modomiki mahsulotlardagi to‘yingan yog‘lar darajasi bir xil ekan, ularning ta’siri ham farq qilmaydi, degan xulosaga kelishdi olimlar. Tadqiqotga ko‘ra, xolesterin miqdorini kamaytirish uchun go‘sht iste’molini cheklash kerak. Protein yetishmovchiligini esa taomnomaga o‘simlik oqsilini kiritish orqali to‘ldirish lozim. Go‘shtli mahsulotlar o‘rniga sabzavotlar, dukkaklilar, shuningdek, sut mahsulotlarini iste’mol qilish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring