Tuxum qimmatlashgani uchun tovuqlarni ijaraga olish boshlandi
![Tuxum qimmatlashgani uchun tovuqlarni ijaraga olish boshlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/8/720_460_95_2841332886.jpg)
Amerikalik fermerlar parranda grippi tufayli millionlab tovuqlarni yo‘q qilishga majbur bo‘lishyapti. Oqibatda tuxum yetkazish keskin qisqarib, narxlar ko‘tarildi. NBC xabariga ko‘ra, tuxum qimmatlashganidan so‘ng ayrim iste’molchilar tovuqlarni ijaraga olishni boshlashdi.
«Ikki-to‘rttadan tovuqni katagi bilan buyurtmachilarning hovlisiga yetkazib beryapmiz. Ikkita tovuq bir haftada o‘nta, to‘rttasi yigirmatagacha tuxum qo‘yadi», — dedi Rent the Chicken Homestead tashkiloti muassislaridan biri Jenn Tompkins. Uning aytishicha, odamlar pulni tejash uchun emas, ko‘proq o‘zlarini xotirjam his etish uchun shunday yo‘l tutishmoqda.
Pittsburg yaqinida joylashgan Rent the Chicken kompaniyasiga 2013-yilda asos solingan bo‘lib, AQSh va Kanada bo‘ylab fermerlar bilan hamkorlik qiladi, tovuqlarni olti oy muddatga ijaraga berib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter