Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoning ikki hududida yashirin korxonalar aniqlandi

Qashqadaryoning ikki hududida yashirin korxonalar aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Unda tumandagi "Sevaz" MFYda yashovchi M.M. va Shahrisabz shahri "Sinabog‘" MFYda yashovchi A.U. o‘z uylarining yordamchi xonalarida tashkil etgan yashirin sexlarida yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, tadbir jarayonida 140 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 326 kg. chigit, 4 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyatlar ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring