Qashqadaryoda yangi tuman tashkil etildi
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida saylovchilar bilan uchrashuvida Chiroqchidagi holat haqida gapirib, aholiga qulay bo‘lishi uchun ushbu tuman negizida Chiroqchi va Ko‘kdala tumanini tashkil etish taklifini bergandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Qashqadaryo viloyati tarkibida Ko‘kdala tumanini tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.
Unga ko‘ra Chiroqchi tumanidan Ko‘kdala tumaniga 171 ming gektar yer maydoni, aholining 177 ming nafari Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkazilmoqda.
Shuningdek Ko‘kdala tumani tarkibiga 162 ta sanoat korxonasi, 1 ta kichik sanoat zonasi o‘tkazilib, 10 ming gektar lalmi va adir yerlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida bog‘-tokzorlar tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter