Qashqadaryoda xotinini bog‘lab kaltaklagan erkak voqeasini IIB o‘rganmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz shahrida «Er xotinini bog‘lab qo‘yib kaltakladi va sochini kesib tashladi» sarlavhasi ostida video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Shahrisabz shahri «Qushxona» MFYda 2018 yildan buyon qonuniy nikohdan o‘tib yashab kelgan, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.M. va 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Y.S.lar o‘rtasida o‘zaro oilaviy kelishmovchiliklar tufayli 2020 yilda sodir bo‘lgan.
Fuqaro Y.S. (ayol) yuqoridagi holat bo‘yicha ilgari ichki ishlar organlariga murojaat etmagan.
Shuni ta’kidlash joizki, er-xotin Sh.M. va Y.S. o‘rtasida 2022 yil iyun oyida ham janjal bo‘lib, mazkur holat JIB Shahrisabz tuman sudida ko‘rib chiqilib, sudning 2022 yil 26 iyul kunidagi qaroriga asosan, ayolning turmush o‘rtog‘i Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi va va 52-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, jarima jazosi qo‘llanilgan.
Hozirgi kunda (alohida yashayotgan) er-xotin bilan bog‘liq tarqalgan videorolik yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter