Viloyat hokimidan «hayfsan» olgan tuman rahbari o‘z o‘rinbosarini jazoladi
Muborak tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Sanjar Ergashevga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Bu haqda 4-mart kuni Muborak tumani hokimi Akrom Aripovning tegishli qarori qabul qilingan.
Ta’kidlash joizki, tadbirkorlar va fuqarolar murojaatlariga e’tiborsiz qaragani uchun Muborak tumani hokimi Akrom Oripovga joriy yilning fevral oyida viloyat hokimi «hayfsan» e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter