Qashqadaryoda tog‘a jiyaniga, singil esa akasiga buyragini berdi
Qashqadaryoda tog‘aning bir buyragi jiyaniga, singilniki esa akasiga ko‘chirib o‘tkazildi. Bu haqda SSV xabar berdi.
Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda navbatdagi tranplantatsiya amaliyotlari o‘tkazildi.
Kosonlik Muhriddin G‘aniyev 28 yoshda. U bir necha yildan buyon surunkali buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib keladi. Bemorga 44 yoshli tog‘asi Bahodir Panjiyevning buyragi ko‘chirib o‘tkazildi.
Ayni paytda tog‘a-jiyan o‘zlarini yaxshi his etmoqda.
27 yoshli Baxtiyor Egamov 2018 yildan buyon buyrak xastaligi bois gemodializ muolajalarini olib kelar edi. Chuqur tahlil va tekshiruvlardan so‘ng unga 25 yoshli singlisi Nigoraning buyragi mos kelishi aniqlandi. Nigora uzoq o‘ylanib o‘tirmadi – jigariga donor bo‘lishga rozilik bildirdi.
Murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter