Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 2018-yil 20-mart kuni 2 nafar shaxs yuziga niqob taqqan holda pichoq bilan qurollanib, E’zoz ko‘chasida yashovchi E.Mavlonov xonadoniga bostirib kirishgan.

Bosqinchilar E.Mavlonovning o‘g‘li D.Avloqulov va birga yashovchi jiyani Sh.Yovqocharovlarning qo‘l-oyoqlarini arqon bilan bog‘lab, yuzlariga urib jarohatlashadi. So‘ng, uydan pullar, zargarlik va boshqa buyumlarni olib, voqea joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qarshi shahar «Neftchi» MFY Neftchi ko‘chasi 5-uy 62-xonada yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan Sh.Xushvaqtov va Qavali mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1995 yilda tug‘ilgan L.G‘aniyevlar sodir etgani aniqlanib, qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring