Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda farzandini 5 mln so‘m evaziga sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Qashqadaryoda farzandini  5 mln so‘m evaziga sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Joriy yilning 24-may kuni Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida Muborak tumanida yashovchi 23 yoshli M.Z. ismli ayol 13-may kuni dunyoga keltirgan o‘g‘il farzandini Qarshi tumanida yashovchi 33 yoshli I.O.ga 5 mln. so‘m pul evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring