Bugun ijtimoiy tarmoqlarda 7-sinf qizning turmushga uzatilayotgani haqida xabar tarqaldi.
Ushbu xabar Qashqadaryo viloyat hokimi o‘rinbosari tomonidan manzilli o‘rganildi, deya
ma’lum qilmoqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakili Saodat Boymirzayeva.
Ma’lum bo‘lishicha, holat Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida bo‘lib, qizchaning ota-onasi va buvisi videodagi holat aslida farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosim ekanligi to‘g‘risida tushuntirish berib o‘tganlar.
Mas’ullar tomonidan D.K ning ota-onasi ayolni turmushga chiqishiga majburlash uchun jinoiy javobgarlik mavjud ekanligi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Shuningdek, D.K. ning ota-onasi o‘z tushuntirishida videodagi holat to‘y yoki unashtiruv marosimi emasligi va qizini erta turmushga berish niyati yo‘qligi, unga ta’lim berish va shifokor bo‘lib yetishishi niyatida ekanliklarini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter