Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 500 mln so‘m qalbaki pullarni sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Qashqadaryoda 500 mln so‘m qalbaki pullarni sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Joriy yilning 12-oktyabr Qashqadaryo viloyatidagi huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyatning Koson tumanida yashovchi fuqaro Turdiyev 500 million so‘m qalbaki pulni 125 million so‘mga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.

Turdiyev qalbaki pullarni 4 mintaqaviy hudud 34 son manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum G‘aybullayevdan uning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandi orqali olganini aytgan. 

Olib borilgan surishtiruv davomida yuqoridagi holatga 34-son manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkum Sh.G‘aybullayev ham ushbu guruh a’zolariga koloniyada turib telefon orqali aloqada bo‘lib, yetakchilik qilganligi aniqlanganligi sababli Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qarshi shahar bo‘limining 12-oktyabrdagi aloqa xatiga asosan, mazkur jinoiy ishga jalb qilingan.

Unga nisbatan JKning 176-moddasi 2-qismi «v» bandi hamda 176-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va JPKning 221-moddasi doirasida qayta hibsga olingan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring