Qashqadaryo viloyati hokimligi partiya binosini ta’mirlash uchun 360 million so‘m ajratmoqda
8-noyabr kuni «O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashi binosini kapital ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida» Qashqadaryo viloyati hokimining qarori qabul qilingan.
Qaror bilan Qarshi shahar hokimligi balansidagi sobiq harbiy gospital binosini O‘zbekiston ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashiga moslab kapital ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun viloyat hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati injiniring» kompaniyasiga 360 mln so‘m ajratishi belgilangan.
Bu mablag‘lar viloyat mahalliy budjetining 2021 yil III-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan yo‘naltiriladi.
Shuningdek, 8 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimining yana bir qarori qabul qilingan.
«Viloyat hokimligi ikkinchi ma’muriy binosi fasadini kapital tamirlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida»gi qaror bilan «Yagona buyurtmachi xizmati injiniring» kompaniyasiga 215 mln so‘m ajratilishi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter