Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo viloyati budjetidan sirdaryoliklarga yordam sifatida 4 mlrd so‘m ajratildi

Qashqadaryo viloyati budjetidan sirdaryoliklarga yordam sifatida 4 mlrd so‘m ajratildi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qarshi shahrida Xalq deputatlari viloyat kengashining VI chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Viloyat hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori to‘g‘onida yuzaga kelgan talafot natijasida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat budjetidan 4 milliard so‘m ajratish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Deputatlar o‘z hududlaridan onlayn rejimda ishtirok etishgan.

Avvalroq, Samarqand viloyati budjetidan 5 milliard so‘m sirdaryoliklarga yordam sifatida ajratilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring